Asosiy kontentga o'tish
01Bugungi holat

Ota-onalar nimadan xavotirda

Muammo bolaning qobiliyatida emas — uni o'z vaqtida ushlab qoladigan odam sinfda yo'qligida.

Bo'sh sinfxona — partalar va interaktiv doska

O'rtacha sinfda 30-40 o'quvchi

Sinf to'ldirilishi

To'la sinflarda bola ko'zga tashlanmay qoladi

Odatiy sinf 32 o'quvchi


Qodirov School 15 o'quvchi

  • 30-40odatiy boshlang'ich sinfdagi o'quvchilar soni
  • 1sinfga biriktirilgan o'qituvchi
  • 60 sbir darsda bitta bolaga tegadigan shaxsiy vaqt

Natijada bola savol berishga uyaladi, orqada qolgani bilinmaydi, tarbiya esa e'tibordan chetda qoladi.

O'zlashtirish farqi

Sekin o'zlashtiruvchilar bir marta orqada qolsa, qaytib ulgurmaydi

dastur sur'atiorqada qolgan bola
  • 01Test bor, davomi yo'q

    Testlar muntazam o'tkaziladi, lekin past natija chiqargan bola bilan alohida ishlanmaydi — sinf keyingi mavzuga o'tib ketaveradi.

  • 02Uy vazifasi bajarilmaydi

    Mavzuni tushunmagan bola uy vazifasini ham qila olmaydi. Bajarmaslik odatga aylanadi va bo'shliq har hafta kattalashadi.

Muammo bolaning qobiliyatida emas — uni o'z vaqtida ushlab qoladigan odam sinfda yo'qligida.

Ota-ona talabi

Ota-onalarning uchta asosiy talabi

Bizning javobimiz

Har bir talab ostidagi yozuv — shu talabga maktabimizdagi aniq yechim.

Uchalasi ham bitta shartga bog'liq: sinfda bolaga yetadigan vaqt bo'lishi.

  1. Bolam sinfda yo'qolib qolmasin — o'qituvchi uni ismidan biladigan bo'lsin

    15 kishilik sinf, 2 o'qituvchi

  2. Til va matematika mustahkam bo'lsin — keyingi bosqichga tayyor chiqsin

    3 fan chuqurlashtirilgan

  3. Odob-axloqi joyida bo'lsin — bilim bilan tarbiya birga borsin

    Kunlik tarbiya tizimi

Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy«Turkiy Guliston yoxud axloq», 1913

Maktab haqida

Faqat boshlang'ich sinflar: 1-dan 5-gacha

Biz katta maktab qurmadik. Bolaning xarakteri va o'quv odati shakllanadigan besh yilga butun e'tiborimizni qaratdik.

Ta'lim va tarbiya bizda ikki alohida vazifa emas — bir dasturning ikki tomoni.

Qodirov School sinfxonasi — yog'och devor, interaktiv doska va partalar

Dars qanday o'tadi

Bir sinfda ikki o'qituvchi ishlaydi

  • 1-o'qituvchi

    • Yangi mavzuni tushuntiradi
    • Sinf sur'atini ushlab turadi
    • Umumiy topshiriqni beradi
  • 2-o'qituvchi

    • Sinf ichida yurib kuzatadi
    • Tushunmagan bola bilan darhol ishlaydi
    • Darsdan keyin alohida shug'ullanadi

Shuning uchun bola mavzuni sinfda tushunib chiqadi — uyda qaytadan o'rgatish shart emas.

Dars jarayoni — o'qituvchi doskada, o'quvchilar partalarda
Ariza qoldirish